Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa...

Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa...

Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa, kimga murojaat qilishi lozim? Ushbu savolga Xalqaro press-klub sessiyasida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev javob berdi:

«Bu masala bo‘yicha aniq strategiga egamiz. Bu uylardan tashqari, eski kolxoz idoralari, mashina-traktor parklari bo‘lgan uylarni ta’mirlab, 60ga yaqin xonadonni ta’minlaydigan bir xonali uy qilib ta’mirladik. Bu — zaxira. 

Qolaversa, bu yerda 38ta ikki qavatli uylar talofat ko‘rgan edik. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ularni ham yangi uylardan qolishmaydigan qilib ta’mirlayapmiz. Bir paytlar bu yerda bir qavatli qilib qurilgan yotoqxona shaklda qurilgan uylarni ham ta’mirlanyapti.

Har bir bitta tuman hokimligida uylarni egalariga berish bo‘yicha komissiyalar ishlayapti. Ana shu komissiyalarga murojaat qilinsa, o‘rganib chiqamiz va albatta uy bilan ta’minlaymiz», — dedi viloyat hokimi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!