Samarqandlik erkak xotini va uning xushtorini hammaning ko‘z oldida qanday pichoqlab o‘ldirganini gapirib berdi

Samarqandlik erkak xotini va uning xushtorini hammaning ko‘z oldida qanday pichoqlab o‘ldirganini gapirib berdi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulg‘angan pichoqni ko‘tarib, ikki kishini o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Avvalroq, holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi ochilib, qotil qo‘lga olingani xabar qilingan edi. 

"Zamon" informasion dasturida qotil erkak voqeaga nima sabab ekani va buni qanday amalga oshirgani haqida gapirib berdi.

"Shu yilning iyun oylarida xotinimning o‘zgarib qolganini sezdim. Uni to‘g‘ri yurgin, bolalarimiz voyaga yetyapti, deb ogohlantirdim. U bo‘lsa "men hech qanaqa noto‘g‘ri yurganim yo‘q" deb bilganini qilib yuraverdi. Xotinim savdo bilan shug‘ullanardi, bir kuni instagramda shu yerlik bir bola bilan yozishayotganini bilib qoldim. Rasmlarini ko‘rdim. Keyin xotinimga gapirdim, onasiga ham murojaat qildim. Shundan keyin ham yana uch marta telefonda gaplashayotganida ushlab oldim. Telefonda gaplashgan, "SMS"lar yozgan, keyin o‘chirib tashlagan. Shundan keyin uyimizda janjal bo‘ldi. O‘sha kuni ham ikkalasini ko‘rganimdan keyin orqasidan kuzatdim. Yonimda pichog‘im bor edi. Ularni oldiga qanday qilib kirib borganimni eslay olmayman, faqat ko‘chaga chiqqach, qo‘llarim va ustimdagi qonlarni ko‘rib ularni pichoqlaganimni bildim. Lekin o‘ldirib qo‘yganimni bilmayman", degan rashk sabab qo‘li qonga botgan erkak. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!