Samarqandda qator rahbarlar jarimaga tortildi

Samarqandda qator rahbarlar jarimaga tortildi

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jami 37 241 nafar fuqaro tomonidan murojaatlar kelib tushgan. Ammo ushbu murojaatlarning 10 025 tasi ijro muddati komissiyalar tomonidan kechiktirilgan.

Belgilangan talablarga muvofiq murojaatlarni o‘z muddatida o‘rganib chiqmaganligi sababli viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining xo‘jalik hisobidagi Yermulkkadastr xizmati davlat unitar korxonasi hamda uning Samarqand shahar, Urgut, Past Darg‘om, Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Paxtachi, Qo‘shrabot, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Jomboy va Tayloq tuman filiallari rahbarlari, Samarqand va Ishtixon tumanlari davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachlari, Urgut va Nurobod tumanlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi rahbarlari, Samarqand tumani va Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari, shuningdek, Samarqand va Urgut tumanlari davlat yong‘in nazorati organlari rahbarlari eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!