Samarqandda "loyli" yomg‘ir yog‘di (foto)

Samarqandda "loyli" yomg‘ir yog‘di (foto)

Kecha, 18 yanvar kuni tongdan tushgacha Samarqand viloyatining aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘di, deb xabar bermoqda Zarnews.uz nashri.

E’tiborlisi, ko‘chada soyabonsiz yurgan odamlarning ustidagi kiyimida loyli yomg‘irdan dog‘lar paydo bo‘ldi. Shuningdek, avtomashinalarda ushbu holat kuzatildi. Oyna artgich moslamasi bo‘lmagan yoki ishlamay qolgan avtoulovlar, hatto, harakatlanishdan cho‘chib, yo‘l chetida loyli yomg‘irning to‘xtashini kutishga majbur bo‘lishdi.

17 yanvar kuni Eron va Ozarbayjon davlatlarida kuchli shamol bo‘lib, atrofni chang-to‘zon qoplagan va havoda tuproqli bo‘ron hosil bo‘lgan, o‘sha kuni kechqurun mamlakatimiz bo‘ylab ham 15-20 metr/sekund tezlikda shamol esdi. Garchi bizda yerdan chang ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, shamolning ta’sirida atmosferaning yuqori qismida hosil bo‘lgan chang tufayli yomg‘ir o‘ziga xos loyli holda yog‘di, - dedi Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i V.Mirzoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!