Saakashvili Zelenskiyga ochiq murojaat yo‘lladi

Saakashvili Zelenskiyga ochiq murojaat yo‘lladi

Gruziyada hibsga olingan Mixail Saakashvilining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga yo‘llagan ochiq murojaati e’lon qilindi. Facebookda joylashtirilgan ochiq maktubida u Zelenskiyga Saakashvilini qamoqdan ozod qilishga harakat qilishini aytgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Men sizning so‘zlaringiz, sizdek haqiqiy yuqori martabali davlat arbobining Gruziyada noqonuniy hibsga olinishim va dunyoda Rossiyadan boshqa hech kim tan olmaydigan soxta ayblovlar bilan qamalganimga bergan javobidan qattiq ta’sirlandim", — deyiladi Saakashvilining ukrain, rus va ingliz tillarida chop etilgan ochiq maktubida.

"Men aslida Putinning shaxsiy asiri bo‘lganim uchun, siz va Ukrainaning butun mintaqani va imperiya asirlarini himoya qilish borasidagi prinsipial pozisiyangizni yuqori baholayman", — deb yozgan Saakashvili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!