Rossiyaga qarshi tahdidlarni jiddiy qabul qilish kerak — Putin

Rossiyaga qarshi tahdidlarni jiddiy qabul qilish kerak — Putin

Rossiyaga qarshi tahdidlarni jiddiy qabul qilish, adekvat javob choralarini rejalashtirish, mamlakat qurolli kuchlari va dengiz flotini kuchaytirish kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz hammamiz zamonaviy dunyoda geosiyosiy keskinlik darajasi oshib borayotganini tushunamiz, bir qator mamlakatlarning hukmron doiralaridan Rossiyaga qarshi muntazam tahdidlarni eshitmoqdamiz va hatto bu tahdidlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlarni ham ko‘rmoqdamiz. Tabiiyki, buni imkon qadar jiddiy qabul qilishimiz, barcha mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni hisobga olishimiz, tegishli javob choralarini rejalashtirishimiz, qurolli kuchlarimiz va flotimizni mustahkamlashimiz kerak”, – dedi Putin chorshanba kuni kemasozlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!