Rossiyada shifokorlar adashib, keksa ayolning boshqa oyog‘ini kesib tashladi

Rossiyada shifokorlar adashib, keksa ayolning boshqa oyog‘ini kesib tashladi

Rossiyaning Voronej shahrida 89 yoshli ayolning qarindoshlari uning boshqa oyog‘ini kesib tashlagan shifokorlar ustidan shikoyat qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Jabrlangan ayolning o‘g‘li tomonidan ma’lum qilinishicha, 2018 yilning 4 noyabrida onasinining oyog‘ining pastki qismini amputasiya qilish bo‘yicha Voronej shahar klinikasida operasiya bo‘lib o‘tgan. Ayol klinikaga shoshilinch tartibda yotqizilgan.

Biroq operasiyadan keyin o‘g‘il ayolning o‘ng emas, balki chap oyog‘i kesilganini ko‘rgan. Shundan keyin erkak huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!