Rossiyada «Sen yolg‘iz emassan» marafonining sayti bloklandi

Rossiyada «Sen yolg‘iz emassan» marafonining sayti bloklandi

Mustaqil OAV «FBK» bilan siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazgan marafonning june12.io sayti endi Rossiyada ishlamayapti. Tashkilotchilar keyingi muloqotni elektron pochta orqali amalga oshirishni so‘rayapti.

Rossiyada 12 iyun kuni mustaqil OAV Korrupsiyaga qarshi kurash fondi («FBK») bilan hamkorlikda siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazgan «Sen yolg‘iz emassan» marafonining sayti bloklandi. «Meduza» 14 iyun, juma kuni o‘z tekshiruviga asoslanib, june12.io. sayti Rossiyada endi ishlamayotganini tasdiqladi.

Nashr o‘z veb-saytida rossiyalik siyosiy mahbuslarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni taklif qildi, bunday qo‘llab-quvvatlash usullarini tushuntirdi va aloqa uchun ariza shakli, aloqa va elektron pochta manzilini ko‘rsatdi. «Yordam marafon tugaganidan keyin ham qabul qilinmoqda», - deyiladi marafon tashkilotchilaridan biri bo‘lgan «Meduza» xabarida.

Mustaqil OAV va «FBK» 12 iyun kuni «Sen yolg‘iz emassan» marafonini o‘tkazdi

Rossiya mustaqil matbuoti «FBK» bilan birgalikda 12 iyun kuni siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Sen yolg‘iz emassan» deb nomlangan marafon o‘tkazdi. Aksiya tashkilotchilari orasida «Mediazona», «Meduza», «Dojd», shuningdek, «FBK»ning «Populyarnaya politika» va «Navalniy Live» loyihalari bor. Qutb doirasi ortidagi koloniyada vafot etgan rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya aksiyada ishtirok etishga chaqirdi.

Rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash marafoni ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. 2023 yilda kampaniya davomida 40 million rublga yaqin pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi, deya xabar beradi Navalniy jamoasi. Ushbu mablag‘larning katta qismi mahbuslar, ularning qarindoshlari va repressiyadan qochganlarga o‘tkazildi. Xayriyalar yordamida jarimalar va advokatlarning ish haqi ham to‘langan. Bundan tashqari, pulning bir qismi siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!