Rossiyada nipah virusini aniqlaydigan test yaratildi

Rossiyada nipah virusini aniqlaydigan test yaratildi

"Vektor" davlat tadqiqot markazi olimlari nipah virusini aniqlaydigan test tizimini yaratdi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
Rossiyada kasallikning tarqalish xavfi deyarli yo‘q, deb ta’kidlandi idorada.

Avvalroq, Hindistonning Kerala shtatida 11 kishida infeksiya belgilari aniqlandi, ularning ahvoli barqaror. Viloyat hokimiyati 12 yoshli bolaning o‘limi haqida e’lon qildi, shifokorlar u bilan aloqada bo‘lgan odamlarni tekshirishni boshladi.
"Mikrob" vaboga qarshi tadqiqot instituti, manbai hayvonlar va kasallar bo‘lishi mumkinligini, odamdan odamga yuqishi, qoida tariqasida, faqat yaqin muloqotda yuqishi mumkinligini tushuntirdi. Bu kasallikka qarshi vaksina va davolash preparati hozircha yo‘q, bemorlarga simptomatik terapiya tayinlanadi.
Nipah virusi mevaxo‘r ko‘rshapalar orqali tarqaladi. BSST eng xavfli viruslardan biri sifatida e’tirof etgan. U odamlarga hayvonlardan o‘tadi, shuningdek, kasal odamdan boshqalarga ham yuqadi. Unga qarshi dori ham, vaksina ham yo‘q, kasallikdan o‘lim darajasi 40-75% oralig‘ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!