Rossiyada koronavirusga qarshi 3-vaksina yaratildi (video)

Rossiyada koronavirusga qarshi 3-vaksina yaratildi (video)

Rossiyada M.P.Chumakov nomidagi markazda yaratilgan koronavirusga qarshi uchinchi vaksinaning sinovlari boshlandi.

Ta’kidlanishicha, dekabr oyida SSV yangi preparatni ro‘yxatdan o‘tkazadi va yil oxiriga qadar ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi, demoqda "sputniknews-uz.com".

Avvalroq Novosibirskning "Vektor" ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina ham davlat ro‘yxatidan o‘tgandi. Shuningdek, dunyodagi birinchi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha tadqiqotlar yakuniga yetmoqda.

Ayni vaqtda Rossiya preparatini chet elda sinashning uchinchi bosqichi davom etmoqda, vaksinaning xalqaro bozorda muvaffaqiyati uning natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!