Rossiyada koronavirus: o‘tgan sutkada qancha odam chalindi, qanchasi vafot etdi?

Rossiyada koronavirus: o‘tgan sutkada qancha odam chalindi, qanchasi vafot etdi?

Rossiyada o‘tgan sutkada 9035 ta odam koronavirusga chalindi.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish axborot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish holatlari Moskvada (2297), Moskva viloyatida (728), Sankt-Peterburgda (364), Nijniy Novgorod viloyatida (315), Sverdlovsk viloyatida (283) kuzatildi.

So‘nggi 24 soat ichida 162 kishi, jumladan 76 kishi Moskva shahrida, 24 kishi Moskva viloyatida, 9 kishi Sankt-Peterburgda vafot etgan. Ushbu davrda 3 994 kishi virusdan tuzalgan.

Rossiyada jami 414 878 kishi COVID-19ga chalingan, 4 855 vafot etgan, 175 877 kishi sog‘aygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!