Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi

Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi

Xorijdagi yana bir guruh yurtdoshlarimizning huquqlari tiklandi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.

Yurtdoshlarimizning Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan murojaati o‘rganiladi va Rossiya Federasiyasining mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor harakatlar natijasida vatandoshlarimizning hujjatlari olib berildi va huquqlari tiklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!