Rossiya prezidenti Tver viloyatida harbiy uchuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Rossiya prezidenti Tver viloyatida harbiy uchuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Rossiya prezidenti Tver viloyatida harbiy uchuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vladimir Putinning mazkur uchrashuvdagi asosiy bayonotlari:

▪️Global harbiy xarajatlarning deyarli 40% AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi;
▪️Rossiya NATO bilan jang qilmoqchi emas, balki o‘zining manfaatlari hisobga olinishini va tarixiy hududlaridagi aholini himoya qilinishini talab qiladi;
▪️Agar SSSR parchalanganidan keyin Yevropada xavfsizlik tizimi Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda qurilganida edi, Ukrainadagi harbiy operasiya sodir bo‘lmasdi;
▪️NATO Osiyo va Lotin Amerikasiga kirib bormoqda;
▪️Rossiya Minsk kelishuvlari bilan aldandi;
▪️F-16 qiruvchi samolyotlari jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmaydi, lekin agar ular uchinchi mamlakatlardagi ayerodromlardan foydalanilsa, ular qonuniy nishonga aylanadi;
▪️Rossiyadagi har qanday millatga tajovuz qilish mamlakatni vayron qiladi, biz millatlararo va dinlararo totuvlik masalasiga e’tiborli bo‘lishimiz kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!