Rossiya Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda ta’sirini yo‘qotishda davom etmoqda

 Rossiya Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda ta’sirini yo‘qotishda davom etmoqda

Mintaqaviy davlatlar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng G‘arb bilan hamkorlikni kuchaytirishni afzal ko‘rmoqda, deb yozmoqda The Interpreter.

Rossiyaning harbiy himoyasidan umidini uzgan Armaniston bu sohada G‘arb bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ya boshladi va Ozarbayjon bilan chegaraga YEI kuzatuvchilarini taklif qildi. Yerevan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rasman qo‘shilmasdan, ularning bajarilishi ustidan nazoratni asta-sekin kuchaytirmoqda.

O‘zbekiston Amerika qurollarini sotib olish, o‘zbek tili va madaniy an’analarini qo‘llab-quvvatlash, G‘arb sanksiyalari ostida jismoniy va yuridik shaxslarga bank operasiyalarini taqiqlash haqida gapira boshladi.

EOII a’zosi Qirg‘iziston Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimi to‘xtatilganini e’lon qildi.

Qozog‘iston Rossiyani chetlab o‘tib, Ozarbayjon orqali Yevropaga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqda va Buyuk Britaniya bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzolamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!