Rossiya ishsiz muhojirlarning yaqinlarini mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi

Rossiya ishsiz muhojirlarning yaqinlarini mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi

Rossiyada ishsiz muhojirlarning oila a’zolarining mamlakatga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar bermoqda Baza telegram kanali. Avvalroq Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Rossiyada ishlayotgan xorijlik mutaxassislarga o‘z oilalarini bu yerga olib kelishni taqiqlash taklifi bilan chiqqan edi. Deputat mehnat muhojirlariga nisbatan «bir kir, bir chiq» tamoyilini qabul qilishni talab qilmoqda.

Nashrning yozishicha, Rossiya Xavfsizlik kengashi allaqachon tegishli idoralarga, jumladan, Ichki ishlar vazirligiga ushbu masalani o‘rganish va o‘z takliflarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Bundan tashqari, yaqin orada Rossiyada migrantlarni yollashning yagona «boshqariladigan ishga olish» tizimi ishga tushirilishi mumkin. Bu mexanizm nafaqat Rossiyada, balki migrantlar keladigan mamlakatlarda ham ishga qabul qilish (tibbiy ko‘rik, rus tilini bilish darajasini tekshirish va h.k.) bilan bog‘liq qator tartiblarni nazarda tutadi. Shundan keyin tasdiqlangan mutaxassis mamlakatga kiradi.

«Kadrlar» milliy loyihasi, shuningdek, Rossiya Federasiyasiga «mehnat resurslarini» yetkazib beradigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytiradi. Bundan tashqari, migrantlarni taklif qilish «yagona operator» orqali amalga oshirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!