Rossiya hukumati 8 davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

Rossiya hukumati 8 davlat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

Rossiya hukumati Italiya, Belgiya, Kipr va AQSh kabi qator davlatlar bilan parvozlarni 28 iyundan qayta tiklashga qaror qildi. Shu bilan birga, rus sayyohlari uchun eng mashhur mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotgan Turkiyaga parvozlar 22 iyun kuni amalga oshiriladi. Bu haqda Rossiya Bosh vazirining ijtimoiy siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi.

«Bizning mutaxassislarimiz xulosasiga asoslanib va ​​ushbu masalani barcha manfaatdor federal ijroiya organlari bilan muhokama qilish va to‘liq ko‘rib chiqishni hisobga olgan holda, operativ shtab yig‘ilishida respublika shu yilning 22 iyunidan boshlab Turkiya bilan avia aloqasini tiklashi maqsadga muvofiq deb qaror qilindi», dedi u.

Ayni paytda, Rossiyada so‘nggi bir necha kun ichida koronavirus bilan kasallanish soni sezilarli darajada oshdi, bu hind shtammining tarqalishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida koronavirus tufayli o‘lim 14 foizga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!