Rossiya bahor va yozning boshida hal qiluvchi hujumlarni uyushtiradi — Vadim Skibiskiy

Rossiya bahor va yozning boshida hal qiluvchi hujumlarni uyushtiradi — Vadim Skibiskiy

Urushning 2023 yilda tugash ehtimoli qay darajada ekanligi haqidagi savolga Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi matbuot kotibi Vadim Skibiskiy quyidagicha javob berdi:

"Biz urushning kelajagi haqida bir nima deya olmaymiz. Rossiya birinchi bosqichda avvalo bahor va yozning boshidan eson-omon o‘tib olishi kerak. Bu urush nimaga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz: Rossiya harbiy rahbariyati o‘zgardi, safarbarlikning birinchi bosqichi yakunlandi. Oldingi raxbariyat o‘zining Donesk va Luganskni to‘liq bosib olish bilan boshlanadigan asosiy vazifalarini bajara olmadi. Bizning maqsadimiz oddiy: Rossiya armiyasining asosiy faoliyati Donesk va Lugansk yo‘nalishlariga qaratiladi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda frontning barcha yo‘nalishlarida rus qo‘shinlarini qayta guruhlash ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, u Belarus hududidagi Rossiya quruqlik qo‘shinlari tarkibida 5800 nafar harbiy xizmatchi, bitta Iskandar diviziyasi, S-300, S-400 zenit-raketa komplekslari va uchta MIG-31 samolyoti borligini ham ma’lum qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!