Rossiya: "AQShdagi vahshiyliklarga kimdir javob beradimi?"

Rossiya: "AQShdagi vahshiyliklarga kimdir javob beradimi?"

Moskva tegishli xalqaro tashkilotlarni Amerika polisiyasining Qo‘shma Shtatlardagi norozilik namoyishlarini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillariga, shu jumladan rossiyalik jurnalist Mixail Turgiyevga nisbatan qilgan vahshiyliklariga javob berishga chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining yakshanba kuni tarqatgan sharhida aytiladi.

"AQShda Jorj Floyd o‘ldirilganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlarini yoritishda polisiya zo‘ravonligi va jurnalistlarga qarshi asossiz hibsga olish holatlari ko‘payganidan xavotirdamiz, — deyiladi vazirlik xabarida. — Xususan, Minneapolis polisiyasi xodimlari tomonidan RIA Novosti muxbiri Mixail Turgiyevga qarshi maqsadli qalampir purkamasi sepilishini, uning jurnalist sifatida tan olinganiga qaramay, asossiz shafqatsizlikning namoyishi sifatida ko‘ramiz".

Smolenskaya maydonida ular AQSh ma’murlariga jurnalistlarning xavfsizligi va to‘sqinliksiz faoliyati, shuningdek, so‘z erkinligi va barchaning ma’lumot olish huquqini ta’minlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini eslatib o‘tdilar.

"Biz Amerikaning vakolatli organlari voqealarni sinchkovlik bilan tekshiradi deb umid qilamiz, — dedi Tashqi ishlar vazirligi. — Tegishli xalqaro tuzilmalar va inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarni bu o‘zboshimchaliklarga xolis munosabat bildirishga chaqiramiz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!