Ronaldu "Real" yulduzini "An-Nasr"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Ronaldu "Real" yulduzini "An-Nasr"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich "Real" bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Tajribali yarim himoyachi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Modrichning yangi klubi "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan "An-Nasr" bo‘ladi. 38 yoshli portugaliyalik Luka bilan muzokaralar olib bordi va sobiq jamoadoshini hozirgi jamoasiga qo‘shilishga ko‘ndirgan. Xorvatiyalik futbolchining maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Modrich 2012 yilning yozidan beri Madrid grandi safida to‘p tepmoqda. Yarim himoyachining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!