Rivaldo: «Dembele o‘zgarmasa, o‘ziga qiyin bo‘ladi»

Rivaldo: «Dembele o‘zgarmasa, o‘ziga qiyin bo‘ladi»

«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi Usmon Dembele atrofida ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, "Espanyol"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsning ertasi kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda Usmon 2 soat kechikib keldi.

«Usmon Dembele qilayotgan ish mening jahlimni chiqarmoqda. Axir u o‘ynay olishini, gollar urishi mumkinligini, jamoaning muhim a’zosi ekanini isbotladi. U bor e’tiborini yanada professional bo‘lishga qaratishi hamda mashg‘ulotga kech qolishni to‘xtatishi kerak.

Agar bunday harakat orqali "Barselona"dan ketishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, bu yaxshi xulq emas. Bunday katta jamoani tark etishni istayotgan futbolchi borligini eshitish g‘alati bo‘larkan.

Agar u ketishni istasa, u holda yaxshi o‘ynashi kerak, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormasligi lozim. Bu orqali u o‘zining professional obro‘sini tiklaydi. Shunda boshqa jamoalarla unga nisbatan qiziqish uyg‘onadi.

Agar Dembele o‘zgarmasa, uning o‘ziga qiyin bo‘ladi, «Barselona»ga emas», – dedi Rivaldo.

Manba: stadion. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!