Rejissyorni deb jonidan to‘ygan aktrisa

Rejissyorni deb jonidan to‘ygan aktrisa

“Jilva” filmi suratga olib bo‘lingach, Shelli Dyuvallning asabiy zo‘riqish natijasida sochlari to‘kila boshladi. Sababi – yil bo‘yi to‘xtovsiz davom etgan sutkasiga 12 soatlik suratga olish ishlari, oila bilan uzoq ayriliq, rejissyor Stenli Kubrikning Vendi roliga kirishishi uchun aktrisani stressga tushirishda qo‘llaydigan ekssentrik fokuslari edi. Qaysidir sahnada sanoqsiz dubllardan charchagan Dyuvall boshqa yig‘lolmay qolgandi. Shunda Kubrik suratga olish jamoasidan akstrisaga juda yomon munosabatda bo‘lishni talab qiladi. O‘zi esa hamkasblari oldida aktrisaga o‘shqirardi.

Vendi zinadan yuqoriga pichoq ko‘tarib yugurayotgan kulminatsion sahna 35-dublda olingan. Natijada aktrisa Empire-state-building(Nyu-Yorkdagi 103 qavatli bino) tomiga olib boruvchi pog‘onalarga teng masofani bosib o‘tgan. 

Keyinroq Dyuvallning aytishicha, u Kubrikni hech narsada ayblamagan, chunki uning obrazi maksimal darajada jonli chiqishi uchun qo‘lidan kelgan hammasini qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!