«Real» himoyachisida ikkinchi marta koronavirus aniqlandi

«Real» himoyachisida ikkinchi marta koronavirus aniqlandi

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan tuzalsa ham, yaqin vaqtlar ichida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ispaniyalik futbolchi koronavirusni aniqlash uchun topshirgan test musbat natija bergan va izolyasiyaga olingan. Uning holati qandayligiga aniqlik kiritilmagan.

Ramos mart oyi so‘ngida chap boldiridan jarohat olgan va qariyb 1 oyga safdan chiqqandi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli futbolchi o‘tgan yil martida ham koronavirusga chalingandi.

Avvalroq madridliklarning boshqa bir markaziy himoyachisi – Rafael Varan koronavirusga chalingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!