Ravon avgust oyida ham Rossiyada birorta avtomobil sota olmadi

Ravon avgust oyida ham Rossiyada birorta avtomobil sota olmadi

O‘zbekiston 2018 yil avgust oyida Rossiya bozorida Ravon brendi ostidagi birorta ham avtomobilini sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assosiasiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining hisobotiga tayanib "Xalq so‘zi" xabar beradi.

Unda qayd qilinishicha, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami Rossiya bozorida jami 1 140 061 dona avtomobil sotilgan. Eng ko‘p sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.

Biroq O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiya bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotishda davom etmoqda. Korxona ketma-ket uchinchi oydirki umuman avtomobil sota olmayapti. O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 518 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan va bu borada Rossiya bozorida kuchli 20 talikka kira olgan, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184 dona Ravon avtomobillari sotilgandi.

Manba: sof.uz
 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!