Rasman! «Manchester Siti» YECHLdan 2 mavsumga chetlatildi

Rasman! «Manchester Siti» YECHLdan 2 mavsumga chetlatildi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Yevropa chempionlar ligasidan ikki yilga chetlatildi. UYEFAning bu haqdagi qarori keyingi mavsumdan kuchga kiradi.

UYEFAning bunday qarorga kelishiga klubning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab bo‘lgan. «Shaharliklar», shuningdek, 30 million yevro miqdorida jarima ga ham tortilgan.

Endi «Manchester Siti» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan taqdirda ham 2020/21 hamda 2021/22 yilgi mavsum musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.

Angliya klubida ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilish huquqi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!