Raqam: Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?

Raqam: Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toshkentning Bunyodkor shoh ko‘chasi va Cho‘ponota ko‘chasi kesishmasida (Milliy stadion oldida) bunyod etilgan yo‘l o‘tkazgich bilan tanishdi. Shu kuni ob’ekt foydalanishga topshirildi, ko‘prik bo‘ylab va uning ostidan transport qatnay boshladi.

Repost’ning «O‘zbekiston 24» telekanaliga asoslanib xabar berishicha, ushbu yo‘l o‘tkazgichni qurib, foydalanishga topshirish loyihasi 132 milliard so‘mga tushgan. Ma’lumot uchun, uning qurilishi 2017 yil martida boshlangan edi. Loyiha «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Metroqurilish» korxonasi tomonidan bajarilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!