Ramazonda Masjidul haromga beruxsat kirganlar 1000 riyol jarimaga tortiladi

Ramazonda Masjidul haromga beruxsat kirganlar 1000 riyol jarimaga tortiladi

Saudiya Arabistoni Ramazon oyida Masjidul haromga kirish tartibiga rioya qilmaganlar jarimaga tortilishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”.

Ichki ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytishicha, umra uchun kelgan, biroq Masjidul haromga belgilangan tartibni buzgan holda kirganlarga 10 ming riyol, ruxsatsiz kirgan ziyoratchilarga esa 1000 riyol jarima tayinlanadi. Ushbu amaliyot Ramazondan keyin ham davom ettiriladi.

Ramazon oyi davomida har kuni umra uchun kelgan 50 ming, namoz o‘qish uchun kelgan 100 ming kishining Masjidul haromga kirishiga ruxsat beriladi. Kirish uchun esa koronavirusga qarshi emlangan bo‘lish hamda Tawakkalna va Eatmarna ilovalari orqali ruxsat olish zarur.

Ramazonda Masjidul harom va Masjidun Nabaviyda ham, Saudiya Arabistonining boshqa masjidlarida ham profilaktika choralariga rioya qilgan holda tarovih namozini o‘qishga ruxsat etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!