Rahmon Afg‘onistondagi notinchlikdan xavotirda. U endi Toqayev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Rahmon Afg‘onistondagi notinchlikdan xavotirda. U endi Toqayev bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari Toqayevning yaqinda Tojikistonga rasmiy tashrifi natijalari to‘g‘risida fikr almashdilar va Dushanbe muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni yuqori baholadilar. Shu nuqtai nazardan, Rahmon ushbu kelishuvlarni izchil amalga oshirish ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Prezidentlar qo‘shni Afg‘onistondagi mavjud harbiy-siyosiy vaziyatni ham batafsil muhokama qildilar. Afg‘onistonlararo muzokaralar jarayonini amaliy boshlashga har tomonlama yordam berishning muhimligi qayd etildi.

Tomonlar ushbu mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy mintaqalaridagi vaziyat keskinlashuvidan xavotir bildirdilar, bu esa keskinlikning kuchayishiga olib keladi va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi umumiy vaziyatga salbiy ta’sir qiladi.

Shu munosabat bilan ikki mamlakatning tegishli xizmatlari va ixtisoslashgan bo‘limlari o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!