Rahmat so‘zingga rozi emasman...

Rahmat so‘zingga rozi emasman...

Iroqlik bir kambag‘al ayol Umar ibn Abdulazizni qidirib keldi. Odamlardan: «Amirul mo‘mininning uyi qayerda?» deb so‘raganida bir xaroba kulbani ko‘rsatishdi. «Mana shu yeski uy amirul mo‘mininning uyimi?» deb ajablandi ayol. So‘ng o‘sha hovliga kirib, amirning ayoli Fotimani ko‘rdi. U oftobda o‘tirib olgan ko‘yi bug‘doyni yanchib, un qilayotgan yedi. Iroqlik ayol uni xizmatkor degan gumonda:
— Amirul mo‘mininning xotini qayerda? — deb so‘radi.
— Undan nima istaysan? — dedi amirul mo‘mininning xotini.
— Ishim bor yedi. Men Iroqdan keldim.
— Amirul mo‘mininning xotini menman.
Ayol ajablandi. Amirning xotinining bu holatidan taajjublandi. «Ranglari oqargan, charchagan, kiyimlari yeski. Shu amirning xotinimi, shu-ya?! Bizda qorovulning xotini bundan yahshi kiyinadi. Amirning xotinining kiyimi yirtiq-a! Yo Alloh», deb o‘ylardi u.
Bir ozdan keyin Umar ibn Abdulaziz keldi. Quduqdan suv olib, tuproqqa aralashtirib, loy qilib, nurab ketgan devorni suvay boshladi. Har lahza-har lahzada xotini Fotimaga qarab qo‘yardi.
Shunda iroqlik ayol Umarni mardikor deb o‘ylab, Fotima binti Abdulmalikka:
— Yey singlim! Bu loygar senga qo‘p qarayapti, boshingni berkisang bo‘lardi, — dedi.
Fotima unga javoban:
— Yey Allohning bandasi. Bu kishi yerim — amirul mo‘minin bo‘ladi, — dedi.
Ayol o‘zini tutolmasdan, yig‘lab yubordi. Ko‘zlaridan shashqator yoshlar to‘kildi. Bir ozdan keyin Umar ibn Abdulaziz qo‘llarini yuvib, ayolning oldiga keldi va:
— Nima yumushingiz bor, xolajon? — deb so‘radi.
Ayol aytdi:
— Yey amirul mo‘minin. Men yeski uyimni tuzatish uchun yordam so‘ragani kelgan yedim, ammo bu uy mening uyimdan ham xarob yekan. Amirul mo‘mininning uyi menikidan xarobroq yekan.
Shunda Umar:
— Yey Allohning bandasi. Bilginki, bu uyning xarobligi uylaringizning obod bo‘lishiga sababdir. Bu uy koshona bo‘lsa, sizlarniki xarobaga aylanadi. Agar men yeski uyda yashasam, bu holni his qilib, uylaringizni yaxshilab qurib beraman. Yey xolajon! Ayting, yana nima istaysiz? — dedi.
— Mening o‘nta qizim bor, barchasi boshpanasiz. Ularning yeri ham, bola-chaqasi ham yo‘q. Ularga bir oz mol berishingizni istayman, -— deb niyatini bayon yetdi ayol.
Umar ibn Abdulaziz Iroq voliyiga maktub yoza boshladi. Ayoldan: «Kattasining ismi nima?» deb so‘radi. Ayol aytdi. Umar «Falonga yuz dinor», deb yozdi.
Ayol Allohga hamd aytdi. Keyin ikkinchi qizining ismini so‘radi. Ayol aytdi. Umar yana «Falonga yuz dinor», deb yozdi. Ayol «Alhamdulillah», dedi. Shunday yozib-yozib, o‘ninchisiga yetib keldi. Ayol uning ham ismini aytdi. Unga ham yuz dinor yozganida, ayol amirul mo‘mininga rahmat aytib, minnatdorlik bildirdi. Shunda Umar birdan o‘ninchisining ismini o‘chirib tashladi. Ayol hayron bo‘lib:
— Nega uni o‘chirdingiz? — deb so‘radi.
— Men qizlaringizning har biriga haq yozganimda «Alhamdulillah» deb turdingiz. Men baytul moldan ulush ajrataverdim. Ammo o‘ninchisining nomini yozganimda menga rahmat aytdingiz. Menda mol bo‘lmasa, u yuz dinorni qayerdan olib beraman? Bir kunlik daromadim dinorning to‘rtdan uchiga teng. Bo‘lmasa, shuni ola qoling. Opalariga ayting, berilgan mollardan unga ham ulush ajratishsin, — deb Umar Iroq voliyiga yozgan maktubini ayolga uzatdi.
Xullas, «rahmat» degan so‘zga amirul mo‘minin rozi bo‘lmadi. Iroqlik ayol uning huzuridan xursand bo‘lib chiqib ketdi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!