Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv tezroq amalga oshishiga umid bildirdi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv tezroq amalga oshishiga umid bildirdi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi, deya xabar beradi AQSh Davlat departamenti.

"Suhbatdoshlar BMT ko‘magida Rossiya, Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuvni zudlik bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Davlat kotibi birinchi kemalar Ukraina portlarini kechiktirmasdan tark etishiga umid bildirdi", — deyiladi vazirlik bayonotida.

22 iyul kuni Istanbulda BMT, Rossiya, Turkiya va Ukraina ishtirokida Ukraina hududidagi uchta port – Chornomorsk, Odessa va Yujniy portlaridan g‘alla eksporti yo‘lagini yaratish bo‘yicha ikkita hujjat imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!