Qo‘shma Shtatlar havo tahdidiga qarshi mudofaa bo‘yicha yirik shartnoma imzoladi

Qo‘shma Shtatlar havo tahdidiga qarshi mudofaa bo‘yicha  yirik shartnoma imzoladi

Qo‘shma Shtatlar Amerika hududi va mamlakatdan tashqarida havo tahdididan himoya qilish xizmatini taqdim etish uchun bir necha kompaniya bilan 5,4 milliard dollarlik shartnoma tuzdi.

– Mazkur hujjat havo tahdidiga qarshi to‘liq shartnoma asosida havodan yordam ko‘rsatish xizmatini taklif etadi, – deyilgan mamlakat mudofaa vazirligi bayonotida.

2029 yil 13 oktyabrgacha yakunlanishi ko‘zda tutilgan loyiha AQShda ham, xorijda ham amalga oshiriladi. Tegishli buyurtmalar Virjiniyada joylashgan “Airborne Tactical Advantage”, Nevadadagi “Blue Air Training”, Pensilvaniyada ro‘yxatdan o‘tgan “Coastal Defense” va Shimoliy Karolinaning “Tactical Air Support” kompaniyalariga berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!