Qurilish korxonasi 2,3 mlrd so‘m va 9 mashinani o‘zlashtirib yubordi

Qurilish korxonasi 2,3 mlrd so‘m va 9 mashinani o‘zlashtirib yubordi

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasi oxirgi 3 yilda 2,3 mlrd. so‘m va 9 ta mashinani o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti korxonaning 2016-2019 yillardagi faoliyatini tekshirib chiqqan.

Unga ko‘ra, korxona mansabdor shaxslari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bino va inshootlarni ta’mirlash uchun byudjetdan ajratilgan jami 2,3 mlrd. so‘mni yaqin qarindoshlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga amalda ko‘rsatilmagan dezinfeksiya va kompyuter xizmatlari, haqiqatda bajarilmagan qurilish ishlari uchun o‘tkazib berib, talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, ular jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larining asl manbaini yashirib, mulkka aylantirish maqsadida, “Labo”, “Nexia-3”, “Cobalt”, “Lacetti” va “Malibu-2” rusumli jami 9 ta mashinani xarid qilishib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Tekshiruv davomida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarardan 1,1 mlrd. so‘mi qoplangan.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!