Qo‘qonda maktab direktori ro‘zador o‘quvchilarni atayin issiqda yugurtirdi

Qo‘qonda maktab direktori ro‘zador o‘quvchilarni atayin issiqda yugurtirdi

Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori 6 may kuni darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi, deb yozadi Minbar.uz .

Bugun Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darslar tugab, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uyiga qaytayotgan vaqtda darvoza oldiga kelib olib, Qani kim ro‘za tutgan? deb so‘rabdi. Qo‘l ko‘tarib, hozir maqtov eshitaman degan bolakaylarni oftobning tig‘ida maktab hovlisida yugurtirganini aytishayapti , deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Bosh prokuratura matbuot xizmati nashrga ma’lum qilishicha, ayni paytda bu hodisani prokuratura organlari o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!