Jinsni o‘zgartirganlar Meksikada jazolanadi

Jinsni o‘zgartirganlar Meksikada jazolanadi

Meksika Senati jinsini o‘zgartirish uchun konversion terapiyadan o‘tganlar uchun 2 yildan 6 yilgacha qamoq jazosini ma’qulladi.

Bu haqda Meksika kongressi yuqori palatasi axborot portalida ma’lum qilindi, deb yozadi «Report».

Senat voyaga yetmaganlar yoki nogironlarga nisbatan konversion terapiya aniqlansa, jazo ikki barobarga oshirilishini aytdi.

Unda aytilishicha, jazo insonning jinsiy oriyentasiyasi, o‘ziga xosligi yoki jinsiy ifodasini o‘zgartirishning har qanday usulini amalga oshirgan, tarqatgan, amalda qo‘llagan, majburlagan yoki moliyalashtirganlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, senatorlar tomonidan ma’qullangan hujjat endilikda ko‘rib chiqish uchun hukumatga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!