Ukraina nemis kompaniyasidan 800 dan ortiq «Vektor» razvedka moslamalarini so‘radi

Ukraina nemis kompaniyasidan 800 dan ortiq «Vektor» razvedka moslamalarini so‘radi

Ukraina Germaniyaning «Quantum-Systems GmbH» uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisidan 800 dan ortiq "Vektor" razvedka qurilmalarini so‘radi.

Bu haqda «Der Spiegel» jurnali ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Nashrning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Germaniyaning «Quantum-Systems GmbH» kompaniyasi rahbari Florian Zaybel Germaniya vise-kansleri Robert Xabek bilan birga Ukrainaga tashrif buyurgan.

Zaybelning aytishicha, tashrif chog‘ida Kiyev qo‘shimcha 812 ta «Vektor» uchuvchisiz uchoqlariga qiziqish bildirgan va Germaniya Mudofaa vazirligining Ukraina bo‘yicha maxsus shtabiga ariza topshirgan.

«Quantum-Systems GmbH» allaqachon Ukrainada dron ishlab chiqarish zavodi va rivojlantirish markazini ochgan. Kompaniya yaqin ikki yil ichida Ukrainadagi ishlab chiqarish quvvatlariga 6 million yevrogacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!