Polsha pasportsiz ukrainaliklarni deportasiya qilmaslikni va’da berdi

Polsha pasportsiz ukrainaliklarni deportasiya qilmaslikni va’da berdi

Juma, 26 aprel kuni, TVN24 telekanalining boshlovchisi Polsha Ichki ishlar vazirligi rahbari Marsin Kervinskiyning Polsha pasportining muddati tugagan Ukraina fuqarolarini deportasiya qilmoqchi emasligi haqidagi bayonotini ma’lum qildi.

Kervinskiyning ta’kidlashicha, bunday odamlar qochqin sifatida tan olinadi va boshqa barcha ukrainalik qochqinlar kabi vaqtinchalik himoyaga ega bo‘ladi.

“Biz bu muammoni hal qilish yo‘lini topamiz. Biz oqilona harakat qilishimiz kerak. Polshadagi ukrainaliklarga tegishli barcha narsalar qonunlarda belgilangan. Biz ukrainalik qochqinlarni himoya qilishni davom ettiramiz, bu hozircha faqat 30 iyungacha amal qiladi”, — dedi Kervinskiy. Uning qo‘shimcha qilishicha, Polsha ukrainaliklarning huquqlarini himoya qiladi va ularning shaxsiy ma’lumotlarini hech kimga, jumladan, Ukrainaga ham bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!