Turkiya va Gresiya yangi ko‘prik quradi

Turkiya va Gresiya yangi ko‘prik quradi

Turkiya va Gresiya Merich daryosi hududida ikki davlat nazorat punktlarini bog‘lovchi yangi ko‘prik qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Joriy yilda 811 metrli to‘rt polosali yangi ko‘prik inshooti qurilishi boshlanadi. Inshoot 1958 yilda qurilgan eski ikki qatorli ko‘prik yonida qad rostlaydi.

Turkiyaning Gresiya bilan chegaradosh Edirne viloyati gubernatori Yunus Sezerning aytishicha, mavjud ko‘prik Turkiyada o‘sib borayotgan xalqaro savdo hajmiga bardosh bera olmaydi va shu sababli ikki davlat rasmiylari yangi transport loyihasini amalga oshirishga qaror qilishgan.

Qurilish ishlari har ikki tomon tomonidan moliyalashtiriladi, bu esa Turkiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi yuk va yo‘lovchilar oqimini tezlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!