Mask Xitoyga nima uchun bordi?

Mask Xitoyga nima uchun bordi?

Mask Xitoyga ularni yangi Tesla'ga ruxsat berishga ko‘ndirish uchun kelgan.

Mashhur biznesmen Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga yetib keldi, deya xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkorning shaxsiy samolyoti 28 aprel kuni Pekinga qo‘ngan.

Mask Tesla'ning o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobillar uchun dasturiy ta’minoti — FSDni muhokama qilish uchun yuqori martabali Xitoy rasmiylari bilan uchrashmoqchi. Avtonom haydash algoritmlarini o‘qitish Xitoydan chet elga o‘tkazish taqiqlangan ma’lumotlarni talab qilganligi sababli, dasturning ushbu versiyasi XXRda ruxsat etilmagan.

Reuters maqolasida qayd etilishicha, tadbirkor mamlakatda to‘plangan ma’lumotlarni xorijga o‘tkazish uchun Xitoy rasmiylaridan ham ruxsat olishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!