Rossiya vaqtincha ko‘mirga eksport bojlarini bekor qildi

Rossiya vaqtincha ko‘mirga eksport bojlarini bekor qildi

Rossiya hukumati 2024 yil 1 maydan 31 avgustgacha bo‘lgan muddatga ko‘mir va antrasit eksporti bo‘yicha bojlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda TASS.


Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, qaror ko‘mir sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

1 martdan rubl kursiga bog‘liq bo‘lgan tosh ko‘mir eksportiga moslashuvchan eksport bojlari amal qiladi. Boj miqdori milliy valyuta kursiga qarab 4 foizdan 7 foizgacha. Bir dollar uchun 80 rubldan kam kurs bo‘lsa, boj nolga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!