Makron yadro qurolidan foydalanish masalasini muhokama qilishga chaqirdi

Makron yadro qurolidan foydalanish masalasini muhokama qilishga chaqirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa mudofaasi, shu jumladan, yadroviy qurollar kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirdi.

«Men Yevropani mudofaa qilish bo‘yicha munozarani ochish tarafdoriman, jumladan, yadro quroli mavjudligini muhokama qilish. Keling, bizni aslida nima himoya qilishini ko‘rib chiqaylik», dedi Makron.

Fransiya rahbari mamlakat o‘ziga xosligini saqlab qolishini, biroq Yevropa yerlarini mudofaasiga ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Uning ta’kidlashicha, fransuz doktrinasi hayotiy manfaatlarga tahdid soladigan hollarda yadro qurolidan foydalanishga ruxsat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!