Yuzlab aqidaparast yahudiy ko‘chmanchilar Al-Aqso masjidiga bostirib kirishdi

Yuzlab aqidaparast yahudiy ko‘chmanchilar Al-Aqso masjidiga bostirib kirishdi

Isroil polisiyasi qo‘riqlagan 500 dan ortiq noqonuniy yahudiy ko‘chmanchilar Sharqiy Quddusning ishg‘ol qilingan Eski shaharidagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi.

Quddus Islomiy Vaqflar Boshqarmasi yozma bayonotida, Al-Aqsa masjidining janubi-g‘arbidagi Al-Meg‘arib (Marokash) darvozasidan Haram ash-Sharifga bostirib kirgan yuzlab mutaassib yahudiy ko‘chmanchilarning provokasion harakatlar va diniy amaliyotlar amalga oshirganini bildirdi. .

Bayonotda, reydning Isroil polisiyasi himoyasi ostida amalga oshirilgani va Isroil xavfsizlik kuchlarining Sharqiy Quddusning Al-Aqsa masjidi darvozalari va Eski shaharda o‘rnatilgan cheklovlarni kuchaytirgani qayd etildi.

Fisih bayramining dastlabki ikki kunida 1167 nafar mutaassib yahudiy ko‘chmanchilar Al-Aqso masjidiga bostirib kirishdi.

Haram ash-Sharifga mutaassib yahudiylar tomonidan uyushtirilgan bu kabi reydlar mintaqada taranglikning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

22 aprelda boshlangan va 30 aprel oqshomiga qadar davom etadigan Fisih bayrami munosabati bilan mutaassib yahudiylarning Al-Aqso masjidiga hujumlarini kuchaytirishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!