Netanyaxu Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olish uchun order berishidan jiddiy xavotirda

Netanyaxu Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olish uchun order berishidan jiddiy xavotirda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olish uchun order berishidan jiddiy xavotirda va buning oldini olish uchun boshqa davlatlar bilan shoshilinch muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Isroilning «Maariv» gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

Buord G‘azo sektoridagi aksilterror operasiyasi bilan bog‘liq. Shuningdek, sud Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va Bosh shtab rahbari Gersi Halevini hibsga olish uchun order berishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Netanyaxu ICC orderini olish istiqbolidan shunchalik cho‘chiganki, u G‘azodagi urushni tezda tugatish uchun garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda jiddiy yon bosishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!