Qo‘qon shahrida uddaburonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qon shahrida uddaburonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qon shahri. 30 dekabr kuni fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Farobiy ko‘chasida joylashgan savdo kompleksi hududida 200 AQSh dollar pulini 2.180.000 so‘miga ayriboshlab berishligini aytib aldab, undan 200 AQSh dollar pulini olib, 1.380.000 so‘m pullarni berib, 800.000 so‘m pullarini bermasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!