Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi

Qozog‘iston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishida ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar muhokama qilindi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha protokol imzolandi.
"Ikki mamlakat davlat organlarining savdo-sanoat kooperasiyasi, transport-logistika, suv munosabatlari va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga oid ma’ruzalari tinglandi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha "soatlarni sinxronlashtirdilar". Ular ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yanada yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va bundan buyon ham ikki davlat tashabbuslarini ilgari surishda o‘zaro yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, shuningdek, SA+ formatlari doirasidagi hamkorlikdagi sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidladilar.
Tashrif davomida vazirlar YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichanqal’a shahrining tarixiy markazi – Xiva shahridagi madaniy obidalar hamda Xorazm milliy uy-joy qurilishining an’anaviy xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan Nurullaboy saroyida bo‘ldi.