Turkiya bir telekanalni 10 kunga efirga uzatishni taqiqladi, yana bir qanchasi jarimaga tortildi

Turkiyaning Radio va televideniye oliy kengashi Istanbulning hibsga olingan sobiq hokimi Ekrem Imomo‘g‘luni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy mitinglarni yoritishda qonunni buzgani uchun So‘zcu telekanalining ko‘rsatuvini 10 kunga taqiqladi.
Bu haqda "Yeni Shafak" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nazorat qiluvchi organ telekanaldagi ayrim izohlarni jamoatchilik nafrat va adovatni qo‘zg‘atishga chaqiriqlar sifatida baholagan.
Regulyator, shuningdek, Halk TV va Tele 1 telekanallarining beshta ko‘rsatuvini translyasiya qilishni taqiqlab, ularga bir vaqtning o‘zida ma’muriy jarima soldi. Shuningdek, NOW TV va Ak ll telekanallariga ham jarima solindi.
Eslatib o‘tamiz, 19 martdan beri Turkiyaning turli shaharlarida muxolifat Imomo‘g‘luni qo‘llab-quvvatlovchi miting va namoyishlar o‘tkazilmoqda. Eng yiriklari Istanbul, Anqara va Izmirda bo‘lib o‘tdi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1800 dan ortiq namoyishchi qo‘lga olingan, 260 nafari hibsga olingan.