Fransiya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya moliyalashtirganlikda ayblab, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilmoqda.
Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 2007-2012 yillarda davlat rahbari bo‘lib ishlagan 70 yoshli Sarkoziga ham 300 ming yevro jarima solinadi. Sobiq prezidentning himoyasi barcha ayblovlarni rad etdi.
Sarkozi "haqiqatni o‘rnatish uchun kurashni davom ettirishini va sudning donoligiga ishonishini" aytdi. U ayblovlarni yolg‘on deb atadi va o‘zining aybsizligini isbotlash niyatida ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Sarkozi kampaniyasini moliyalashtirishdagi qonunbuzarliklar haqida ilk bor 2011 yil mart oyi boshida Liviyaning marhum rahbari Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Islom Qaddafiy xabar bergan edi. Euronews telekanaliga bergan intervyusida u Sarkozi Liviya rasmiylaridan moliyaviy yordam olganini da’vo qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Туркия суд тизими мустақил эканини айтаётганларнинг барчаси "ҳақиқатни била туриб, бошини қумга тиқиб, онгли равишда бу жиноятга шерик бўлмоқда," дея таъкидлади қамоққа олинган Истанбул мери Экрем Имомўғли.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.