Evropa Ittifoqi Saudiya Arabistonida Ukraina bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar va sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha muhokamalar fonida Rossiyaga nisbatan faqat sanksiyalar bosimini oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda YEI tashqi ishlar xizmati vakili Anitta Xipper ma’lum qildi.
"Evropa Ittifoqining asosiy e’tibori Rossiyaga barcha mavjud vositalar, jumladan, sanksiyalardan foydalangan holda maksimal bosim o‘tkazishga qaratilgan", — dedi "Rosselxozbank"dan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishga tayyormi yoki bu qanchalik tez sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi savoliga YEI tashqi ishlar xizmati vakili Anitta Xipper.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya agressiyasining tugashi va barcha rus harbiy kuchlarining Ukrainaning butun hududidan so‘zsiz olib chiqilishi sanksiyalarni o‘zgartirish yoki bekor qilishning asosiy shartlaridan biri bo‘ladi".
Xipperning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining maqsadi “Ukrainani keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishishda qo‘llab-quvvatlash bo‘lib qoladi”.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.