Jonsiz bolaning ota-onasi topilmayapti! Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qidiruvda yordam so‘ramoqda

2025 yil 24 mart kuni soat 19:00 da Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani Qo‘rg‘oncha MFY hududidan o‘tgan ariq ichidan erkak jinsiga mansub yoshi taxminan 2 yoshlardagi tan jaroxatlarisiz murda topilgan.
Murdaning belgilari: yoshi taxminan 2 yoshlar atrofida, bo‘yi taxminan 80-90 sm, vazni 10-12 kg, to‘lachadan kelgan, bug‘doy rangli, ko‘zlari qora rangli, qoshlari tekis.
Egnida: sarg‘ish rangli yosh bolalar kiyimi, ust kiyimida “GAMES” yozuvi, oyog‘ida jigarrang rangli paypoq, oyoq kiyimi mavjud emas.
Agar ushbu shaxsi nomalum murda xaqida biror malumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan yaqin oradagi IIOga, “102” qisqa raqamlariga xamda 93-987-14-05, 91-324-00-64, 90-581-52-54 raqamlariga xabar berishingiz so‘raladi.