Janubiy Koreyani bir necha kundan beri mamlakat tarixidagi eng dahshatli o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 26 kishi halok bo‘lgan, yana 30 kishi og‘ir yaralangan.
Yong‘inlar Seuldan 250 km janubi-sharqda joylashgan Sanchon tumanida boshlangan. Rasmiylar xavfning eng yuqori darajasini e’lon qildi. Deyarli 40 ming kishi evakuasiya qilingan, Seulning bir qancha hududlarida suv va elektr ta’minoti uzilib qolgan.
Yong‘in natijasida bir qancha tarixiy obidalar, jumladan, ming yildan ortiq yashagan qadimiy ibodatxona vayron bo‘lgan. XVI asrda asos solingan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xaxo qishlog‘i ham xavf ostida qolmoqda.
Ayni paytda 6700 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi yong‘in bilan kurashmoqda va kamida to‘rt nafari halok bo‘ldi. Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su vaziyatni “misli ko‘rilmagan” deb atadi va jiddiy javob choralarini e’lon qildi. Rasmiylarning aytishicha, yong‘inlar olti kundan beri davom etmoqda va mutaxassislar bashorat qilganidan tezroq tarqalmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.