Ukraina prezidenti Parijda bo‘lib o‘tgan sammitida Rossiyaning Ukrainaga qarshi yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qildi.
"Rossiya Sumi, Xarkov va Zaporojye yo‘nalishlarida yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda", – dedi Zelenskiy Ukraina razvedka ma’lumotlariga tayanib.
Unga ko‘ra, Moskva muzokaralarni cho‘zib, AQShni "besamar va mazmunsiz" muhokamalarga jalb etishga harakat qilmoqda. Zelenskiy buni Rossiyaning vaqtdan yutish va yanada katta hududlarni bosib olish maqsadi borligi bilan izohladi.
Ukraina rahbari sammitda Yevropa yetakchilarini qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga chaqirdi.
"Bizga hamma birdek rozi bo‘ladigan va darhol amalga oshirishni boshlaydigan aniq bir reja kerak. Bu reja sizlar bilan avval muhokama qilingan va sizlar uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan variantlar asosida ishlab chiqilishi kerak", – dedi Zelenskiy.
Uning fikricha, Yevropaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlovi aniq va tizimli bo‘lishi lozim.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Туркия суд тизими мустақил эканини айтаётганларнинг барчаси "ҳақиқатни била туриб, бошини қумга тиқиб, онгли равишда бу жиноятга шерик бўлмоқда," дея таъкидлади қамоққа олинган Истанбул мери Экрем Имомўғли.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.