Tayvan prezidentining uch nafar qo‘riqchisi qamoqqa olindi

Tayvanlik to‘rt nafar harbiy xizmatchi, jumladan, prezident qo‘riqchisidan uch nafari Xitoyga maxfiy ma’lumotlarni uzatgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning barchasi milliy xavfsizlik qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topildi, dedi Taypey tuman sudi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yildan 2024 yilgacha ular Xitoy razvedkasi xodimlariga ma’lumot berib, buning uchun oyiga 7 dan 20 ming AQSh dollarigacha olgan. Harbiylar mobil telefonlarda maxfiy materiallarni suratga olishdi. Sud qanday ma’lumotlar uzatilgani haqida hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Ish bo‘yicha ayblanuvchilardan 3 nafari tergov boshlanishidan oldin ishdan bo‘shatildi, to‘rtinchisi esa vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Ularning barchasi "ayniqsa sezgir bo‘linmalarda" xizmat qilgan.
Tayvan hukumati Pekin foydasiga josuslik holatlari keskin oshganini qayd etdi: 2024-yilda 64 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan, 2023-yilda 48 va 2022-yilda atigi 10 kishi.
Prezident Lay Sin-de mart oyi boshida harbiy josuslik ishlarini harbiy sud tizimiga qaytarishni rejalashtirayotganini aytdi. Taypey Xitoyning razvedka faoliyatini milliy xavfsizligiga tobora kuchayib borayotgan tahdid sifatida baholaydi.